Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi WSB musobaqasining finaliga yo‘llanma oldi.
Yarim finalda Britaniyaning British Lionhearths klubi bilan to‘qnash kelgan qozog‘istonlik bokschilar avvaliga 4:1 hisobida zafar quchgandi. Tomonlarning Londondagi janglarida ham ustunlik qo‘shni respublika tomonida bo‘ldi — 3:2.
Yarim finalning ikkinchi juftligida kubalik sportchilar Colombia Heroicos ustidan umumiy 7:3 hisobida zafar quchdi. Cuba Domadores chorak finalda Uzbek Tigers bokschilarini ham 7:3 hisobida taslim qilgandi.
Kuba va Qozog‘iston jamoalari bir yil avval Toshkentda bo‘lib o‘tgan turnirda ham finalga yetib kelgandi. Bu yil O‘zbekiston jamoasi o‘z guruhida Astana Arlans bilan bellashib ko‘rgan bo‘lib, Qozog‘istonda 1:4 hisobida yengilgan, Toshkentda esa 4:1 hisobida zafar quchgandi. Kuba jamoasini Samarqandda 3:2 hisobida yenggan Uzbek Tigers safarda 0:5 hisobida yengilgandi.
Izoh (0)