Yaponiya parlamenti 9-iyun, juma kuni imperator Akixitoga taxtdan voz kechish imkonini beruvchi qonun qabul qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Merosxo‘r shahzoda Naruxito kelgusi yilning oxirida mamlakat imperatoriga aylanishi mumkin.
83 yoshli Akixito avvalroq yuragida operatsiyani boshdan kechirgan va oshqozonosti bezi saratoni xastaligidan davolangan. Imperator o‘tgan yilgi chiqishlarida uning yoshi o‘z majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligidan xavotirda ekanligini ma’lum qildi.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ushbu qonunning qabul qilinishi mamlakat tarixidagi muhim tarixiy hodisa ekanligini ma’lum qildi.
Izoh (0)