Misr BMT Xavfsizlik kengashiga Qatar tomonidan Iroqda faoliyat olib boradigan terrorchi guruhlarga garov puli tariqasida 1 milliard dollar to‘lanishi yuzasidan surishtiruv boshlash masalasida murojaat etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Financial Times nashriga ko‘ra, mazkur mablag‘ Iroq janubida lochin ovi chog‘ida garovga olingan qirollik oilasining 26 nafar a’zosi hamda Suriyadagi jihodchilar tomonidan qo‘lga olingan 50 harbiyni ozod qilish uchun sarflangan.
Rasmiy Doha terrorchilar qo‘llab-quvvatlanganini rad etmoqda.
Izoh (0)