Rossiya AQShdagi elchixona hovli-joylarini ochish masalasi Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuviga qadar hal etilishiga umid qilmoqda. Uchrashuv iyul oyi boshida Gamburgda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Aks holda Rossiya hukumati AQShning Moskvadagi davlat mulklarini xatlab qo‘yishi mumkin.
Gap, birinchi navbatda, Serebryanniy Bordagi diplomatik hovli-joy va Dorojnaya ko‘chasidagi AQSh elchixonasiga tegishli ombor haqida boradi.
Nashr Arbat hududidagi Amerika elchisining qarorgohi — Spasoxausga mazkur cheklovchi choralarning daxl qilishi ehtimoli yo‘qligini ma’lum qiladi.
Izoh (0)