Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi 30 million yevroga mehmonxona xarid qildi. Bu haqda ISport nashri xabar berdi.
Mehmonxona to‘rt yulduzli bo‘lib, u 2013-yil qurib bitkazilgan. Sidjes sohillarida joylashgan otel oynalari dengizga qarab turadi. Mazkur shahar Barselonadan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Mehmonxona 77 nomerdan iborat. Unda tunab qolish sutkasiga 250—300 yevroni tashkil qiladi.