Iroqlik mutaxassislar Tikrit shahrida IShID terrorchilari qurbonlarining navbatdagi ommaviy qabrini topdi. Bu safargi qabrda 300 kishi ko‘mib tashlangan ekan, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Tikrit Salohiddin viloyatida joylashgan shahardir. Viloyat hokimi 2016-yil sentabrida u IShID jangarilaridan butunlay xalos bo‘lganini e’lon qilgan edi.
Mutaxassislar guruhi Anbar va Salohiddin viloyatlarida, shuningdek, 2014-yili IShID terrorchilari 1,5 mingdan ortiq shia harbiy talabalarini asirga olgan Spayker bazasida qidiruvlar amalga oshirmoqda. Jangarilar tomonidan qatl qilingan qurbonlarning aniq soni noma’lumligicha qolmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)