Eron huquq-tartibot idoralari Tehronda uyushtirilgan hujumlarga aloqadorlikda gumon qilingan 41 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda, Press TV’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qo‘lga olishlar mamlakatning turli viloyatlarida amalga oshirildi.
Terrorchilarning maxfiy xonadonlarida amalga oshirilgan tekshirishlar natijasida ko‘p miqdorda qurol-yarog‘ va xudkushlik anjomlari topilgan.
Izoh (0)