Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniya politsiyachilari AQShning Londondagi elchixonasi yangi binosi yaqinida nazorat qilinuvchi portlashni amalga oshirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Huquq-tartibot xodimlari bu yerga elchixona binosi yonida qoldirilgan ikki egasiz avtomobil haqida ma’lumot olinganidan so‘ng yetib keldi. Bino ichida diplomatlar yo‘q edi.

Qoidaga muvofiq, ruxsat etilmagan joyda qarovsiz qoldirilgan avtomobillar, arzimas darajada xavf tug‘dirgan taqdirda ham, mahalliy politsiyachilar tomonidan nazorat qilinuvchi portlash yordamida ochib ko‘riladi.

Elchixona yaqinida ayni paytda politsiyachilar ishlashda davom etmoqda. Shuningdek, tez tibbiy yordam va o‘t o‘chirish mashinalari ham hozirlab qo‘yilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi