Birlashgan Arab Amirliklaridagi Ras al-Xayma shahrida joylashgan RAK Hospital 6-iyun, seshanba kuni taksi haydovchilariga og‘iz ochish uchun iftorlikka yuzlab porsiya bepul yeguliklarni tarqatdi, deb yozadi UAE Inside.
Ovqatdan tashqari, tibbiy muassasa shuningdek, avtomobilchilarga bo‘yin va umurtqa pog‘onasidagi muammolarni aniqlash uchun bepul tibbiy ko‘rik va konsultatsiyalarni taklif qildi.
“Mashina haydashning o‘zi — stressli mashg‘ulot, ko‘p soat davomida haydash esa bo‘yin va umurtqaga ta’sir qiladi”, — dedi RAK Hospital jarrohi Doktor Tinku Xose.
Tashkilot ishchilari aytishicha, taksi haydovchilari og‘ir sharoitlarda ishlaydi, shuning uchun ularning salomatligiga maksimal darajada e’tibor berilishi kerak.
Izoh (0)