Sloveniyada AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp “izlaridan” ekskursiyalar o‘tkazila boshlandi. Bu haqda, The Huffington Post’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Donald Trampning rafiqasi dunyoga kelgan Sevnitsa shahri shu yo‘l bilan o‘ziga turistlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Ekskursiyani biryo‘la bir necha kompaniya o‘tkazmoqda.
Dastur tarkibiga Melaniyaning bolaligi o‘tgan uyga, u tahsil ko‘rgan boshlang‘ich maktabga, uning onasi ishlagan fabrikalarga tashrif kiradi.
Bundan tashqari, tur o‘z ichiga degustatsion va gastronomik safarlarni ham oladi.
Turning narxi — 90–300 dollar.
Izoh (0)