Parijdagi Notr-Dam cherkovi yaqinida noma’lum shaxs tomonidan politsiya xodimiga uyushtirilgan hujum prokuratura tomonidan terakt deb baholandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Parij prokuraturasining terrorchilik jinoyatlari bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi tergovni boshladi.
Parij politsiyasi prefekturasi bayonotiga ko‘ra, voqea nazorat ostiga olingan, hech qanday tahdid yo‘q.
Ilgariroq xabar qilinganidek, cherkov yaqinidagi maydonda noma’lum shaxs politsiyachiga bolg‘a bilan tashlangan, lekin huquq-tartibot vakili unga qarata o‘q uzgan.