Qatarning diplomatik izolyatsiyasi yangi katta urushning boshlanishi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Foreign Policy nashri tahlilchilari yozmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Nashr eksperti Saymon Xendersonning yozishicha, sunniy mamlakatlari ko‘pdan buyon Eronga qarshi urush ochish niyatida edi.
“Qatar balki bir bahonadir, ular bundan foydalanmoqchidir”, — deydi mutaxassis.
Muallifning fikricha, hozir mintaqa 1914-yili Sarayevoda Avstriya ersgersogi Frans Ferdinandning o‘ldirilishiga o‘xshash vaziyat oldida turibdi. Aynan shu hodisa Birinchi jahon urushining boshlanishiga rasmiy sabab bo‘lib xizmat qilgan edi.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni va BAA Eronni emas, o‘zlarining tarafida bo‘lgan Qatarni nishonga olmoqda.
Muqaddam qator arab davlatlari Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Ular qatoriga boshqa davlatlar qo‘shilib bormoqda. Jumladan, Muqaddam Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Misr, BAA, Yaman, Liviya va Maldiv orollari, Mavrikiy Qatar bilan diplomatik aloqalarini uzgan edi. O‘z navbatida, Qatar arab davlatlarining diplomatik aloqalarni uzish haqidagi qarorini noo‘rin deb baholadi. Qatarga qarshi sanksiyalar joriy etilish ehtimoli mamlakat aholisini oziq-ovqat zaxiralarini to‘ldirishga majbur qilmoqda.