Semirish bilan bog‘liq xastaliklar profilaktikasi uchun o‘smirlar ko‘proq uxlashi talab etiladi. Bu haqda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti noinfeksion xastaliklar profilaktikasi bo‘yicha Yevropa ofisi rahbari Joao Breda bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“Kam uyqu va semirishning rivojlanishi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Bolalar yetarlicha uxlashi zarurligi shubhasiz, bu semirish profilaktikasi uchun juda muhim”, — ta’kidladi u O‘smirlarning semirishi haqidagi hisobot taqdimotida.
Uning aniqlashtirishicha, o‘smirlar kamida to‘qqiz soat uxlashi lozim.