2016-yili Aleppoga aviazarba berilganida jabr ko‘rgan, fotosuratlari OAVda keng tarqalgan uch yoshli bola Umron Daqnishning otasi Muhammad Xayr Daqnish matbuotni farzandidan foydalanishda aybladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Uning ta’kidlashicha, bola aviazarba oqibatida yengil jarohat olgan, ammo jangarilar barchasini ko‘pirtirib matbuotga yetkazgan.
“Ular OAVda bir necha marotaba bolani o‘ldiga chiqardi. Keyin tirikligini yozdi. Ularga hech qanday ishonch yo‘q”, — ta’kidladi erkak.
Suriyalik erkakning so‘zlariga qaraganda, isyonchilar bolani hali u uydaligida suratga ola boshlagan. Daqnishning uqtirishicha, bola hatto shifoxonaga ham faqat suratga tushirish uchun olib ketilgan.
Mavzuga doir: CNN telekanali boshlovchisi Aleppoda yaralangan suriyalik bolakay haqida hikoya qilib, o‘zini bazo‘r yig‘idan tiydi (video)