AQShning Florida shtatida joylashgan Orlando shahrida 5-iyun kuni ofis binosida ommaviy qotillik ro‘y berdi. Sherif boshqarmasi xabariga ko‘ra, bir erkak besh kishini otib tashlab, so‘ng o‘z joniga qasd qilgan, deb ma’lum qiladi Meduza.
Sherif qotil kompaniyaning sobiq xodimi bo‘lganini tasdiqladi.
Mahalliy matbuotda xabar qilinishicha, erkak sobiq ishxonasi rahbariyatidan norozi bo‘lib, u bilan hisoblashishga qaror qilgan.
Politsiya terakt haqidagi taxminlarni inkor qildi.
Izoh (0)