Bellingcat xalqaro jurnalistik-ekspert guruhi 2014-yilda Donbass osmonida Malayziyaning Boeing yo‘lovchi samolyotini urib tushirganligi taxmin qilinayotgan “Buk 332” zenit-raketa kompleksining yangi suratini topdi. Surat mashina Rossiyaning 53-zenit-raketa brigadasiga mansub ekanligini tasdiqlaydi, deb yozadi “RBK”.
Bu zenit-raketa kompleksining Rossiyadan Ukrainaga qayta joylashtirilishidan avvalgi “Buk”ning oxirgi surati bo‘lib, u 2013-yilda tushirilgan. Biroq ijtimoiy tarmoqlarga 2015-yilning fevralida joylangan.
Suratda “Buk 332” zenit-raketa kompleksi fonidagi erkak ask ettirilgan. Uning ortida raketa tashish uchun mo‘ljallangan pushti rang konteyner — 3M8 zenit-raketa kompleksini ko‘rish mumkin. Bellingcat’ning ta’kidlashicha, oq raqamlar, yuk ortish o‘lchamlari qaydlari va transport markalari bu aynan Malayziya Boeing’ini urib tushirgan “Buk” ekanligidan guvohlik beradi.
2014-yilning 17-iyulida halokatga uchragan Boeing 777 bortidagi 298 kishining barchasi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)