Rossiyaning Tver viloyati Redkino qishlog‘idagi otishmada bir ayol tirik qolishga muvaffaq bo‘ldi. U adyol ostiga bekingan. Bu haqda IIV hududiy boshqarmasi rasmiy vakili Vadim Levshin ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Avvalroq otishma oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi — 45 yoshli moskvalik fuqaro qo‘lga olish chog‘ida mast holatda bo‘lgan va yashirinishga urinmagan.
Qotillik quroli 12-kalibrli “Sayga” karabini ekanligi aniqlangan. Qurol belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va gumonlanuvchiga tegishli. Erkak bundan avval sudlanmagan, faqat YHQlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilgan.
Ommaviy qotillik 4-iyunga o‘tar kechasi Redkino qishlog‘ida, maishiy mojarodan so‘ng yuz bergan.
Izoh (0)