4-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyga London shahridagi terrorchilik hujumi oqibatida insonlarning qurbon bo‘lgani munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Biz hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydigan bunday g‘ayriinsoniy va shafqatsiz harakatni qattiq qoralaymiz hamda xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda mazkur jiddiy tahdidga qarshi murosasiz kurashni davom ettirishga tayyormiz”, — deyilgan hamdardlik maktubida.
Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi hamda jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayib ketishlarini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, 4-iyunga o‘tar kechasi avtofurgondagi noma’lum shaxslar London ko‘prigidagi piyodalarga urildi, keyin ularga pichoq bilan hujum qildi. Keyinroq Boro bozorida ham pichoq bilan hujum qilinganligi qayd etildi.
Terakt oqibatida olti kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)