Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh bilan munosabatlarni tiklashda amerikalik biznesmenlardan yordam ko‘rsatishni so‘radi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining plenar yig‘ilishi doirasida Putin AQSh biznesi vakillari bilan suhbat chog‘ida munosabatlar yana qayta tiklanishiga umid bildirdi.
“Suhbat, sizning tashabbusingiz, konkret mulohazalar bu murakkab masalalarning hal etilishiga hissa bo‘lib qo‘shiladi”, — ta’kidlab o‘tdi Rossiya rahbari.
Izoh (0)