Fransiya janubi—g‘arbidagi Landi departamentida yashovchi 50 yoshli ayol pensiyasini olish uchun keksa onasining jasadini kamida 7 yil muzlatgich kamerasida saqlab kelgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ayol firibgarlikda gumon qilinib, jandermeriyaga chaqirildi. So‘roq chog‘ida u 83 yoshida vafot etgan onasining jasadi haligacha ko‘milmagani va bog‘da yashirib qo‘yilgan muzlatgich kamerasida saqlanishini bildirdi. Mazkur muzlatgich faqat shu maqsadda ishlatilgan.
Tergov keksa ayolning o‘limi tabiiy sabablar tufayli ro‘y berganiga aniqlik kiritmoqda. Uning pensiyasi oyiga salkam 2 ming yevroni tashkil etgan.
Izoh (0)