The Walt Disney kompaniyasi direktori Robert Ayger AQSh prezidenti Donald Tramp kengashini tark etmoqda. Bu haqda, Variety nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bir muddat ilgari kengashni SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask tark etgan edi. Endilikda Ayger uning izidan borishi ma’lum bo‘ldi.
“Sayyoramizni himoya qilish va iqtisodiy o‘sishga turtki bo‘lish kelajagimizning eng muhim omillaridir, ammo ular bir-biriga zid kelmaydi”, — deyiladi Aygerning bayonotida.
Bu bilan Ayger AQShning iqlim bo‘yicha kelishuvdan chiqish qaroridan keskin noroziligini bildirib o‘tdi. Norozilik ifodasi sifatida biznesmen prezidentning maslahat kengashini tark etdi.