Shveysariyaning Bergyun shahri qonunlari bo‘yicha bu yerda olingan har bitta surat uchun 5 dollarga yaqin pul to‘lashingiz kerak bo‘ladi, deb yozadi Afisha Daily. Qonun loyihasi tashabbuskorlari aniqlik kiritishicha, o‘rta asrlarga xos kommuna va uni o‘rab turgan manzaraning ertaknamo ko‘rinishi odamlarda hasad deb atalmish qo‘rqinchli hissiyotni uyg‘otadi.
Alp tog‘lari bilan o‘ralgan shaharchada atigi 500 kishi yashaydi. U orqali Shveysariyaning eng qadimiy temir yo‘li o‘tadi, uning markazida esa 800 yillik cherkov va roman uslubiga oid minora, bir nechta rang-barang uychalar hamda yon-atrofda o‘tlab yurgan ko‘plab qoramollarni ko‘rish mumkin.
Shaharning har qanday nuqtasidan ko‘rinib turadigan manzara pishloq, shokolad yoki baxtli hayot reklamasining kadri bo‘lishga arziydi. Muammo ham shunda. Shahar hukumati shu narsaga aminki, mahalliy tabiat, shaharning o‘zi kabi shunchalik darajada yaxshiki, bu Bergyunda yashamaydigan kishilarni baxtsiz qiladi.
“Ijtimoiy tarmoqlarga joylangan, ta’til vaqtida olingan chiroyli fotosuratlar odamlarni baxtsiz qilishi ilmiy jihatdan isbotlangan, chunki ularning o‘zlari surat olingan joyda bo‘la omaydi”, — deydi qonun loyihasi mualliflari.
https://www.instagram.com/p/BUpe9pjjBPQ/
https://www.instagram.com/p/BUOWsKFBC33/
https://www.instagram.com/p/BUiO30ghNW1/
https://www.instagram.com/p/BUee4N4ji2V/
https://www.instagram.com/p/BUP2HBaFmwe/
https://www.instagram.com/p/BT6PbmygnFv/
https://www.instagram.com/p/BTWnz5zglu-/
https://www.instagram.com/p/BTRlAwDBaaS/
https://www.instagram.com/p/BSbrhvsBYnz/
https://www.instagram.com/p/BR4SNwGDQPy/
https://www.instagram.com/p/BQ_GlazjInF/
Izoh (0)