“Yandeks” kompaniyasi Ukrainaning Kiyev va Odessa shaharlaridagi ofislarini yopishga qaror qildi. Bu haqda, kompaniyadagi manbalariga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
“‘Yandeks.Ukraina’ kompaniyasi sanksion ro‘yxatga kiritilgan va amalda Ukraina hududida faoliyat olib bora olmaydi. Xususan, kompaniyaning hisoblari bekitilgan, shu bois biz xodimlarimizga maosh to‘lay olmayapmiz. Shuning uchun biz Kiyev va Odessadagi ofislarimizni yopishga qaror qildik”, — dedi kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Ochir Manjikov.
Aytilishicha, Ukrainadagi ofislarda ishlab kelgan xodimlarga boshqa mamlakatlardagi ofislarga ko‘chib o‘tish taklif etiladi.
Izoh (0)