Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahridagi Xalqaro hamkorlik markazida 1-iyun kuni O‘zbekiston – Fransiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Tadbirda ikki mamlakatning sarmoya, savdo, iqtisodiyot, bank-moliya, energetika, axborot texnologiyalari, qishloq va suv xo‘jaligi, geologiya, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, transport va kommunikatsiyalar, logistika, aviasozlik, qurilish kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Azim Ahmadxo‘jayev, Fransiya elchisi Violen de Vilmor va boshqalar tadbirda ishtirok etdi.

Biznes-forumda fransiyalik ishbilarmonlarga mamlakatning investitsiyaviy va iqtisodiy sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 31-martdagi farmoni bilan Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashkil qilingani iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga investitsiya kiritish hajmini yanada kengaytirishga, sarmoyaviy muhitni takomillashtirishga, xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlari, yetakchi xorijiy kompaniya va bank tuzilmalari bilan investitsiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Ikki mamlakat ishbilarmonlari biznes-forum doirasidagi davra suhbatlarida atrof-muhit, suv resurslari va munitsipal xizmatlar, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, transport va logistika, sanoat, energetika hamda qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga oid hamkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan kengroq foydalanish masalalarini atroflicha muhokama qildi. O‘zaro manfaatli yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova