Gyote instituti va Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Neftdan keyingi shahar. Kelajak shahri tarixi” ko‘rgazmasi doirasida Toshkentda “Arxitektura simpoziumi”ni o‘tkazadi. Bu haqda “Daryo”ga tadbir mutasaddilari ma’lum qildi.
Simpozium zamonaviy shaharni barqaror rejalashtirish masalalariga bag‘ishlangan. O‘zbek me’morlari o‘zlarining nemis hamkasblari bilan bu masalani O‘zbekistonda shahar rivojlanishi nuqtai nazaridan muhokama qiladi.
Germaniyalik professor, arxitektor, me’morchilik va shahar qurilishi bo‘yicha ko‘plab maqolalar muallifi doktor Tilo Xilpert va “Toshkent yodgorliklari topografiyasi” loyihasi koordinatori Yens Yordan anjuman mehmoni bo‘ladi.
Simpozium 3-iyun kuni soat 10.00 dan 17. 45 gacha Toshkent arxitektura-qurilish instituti binosida bo‘lib o‘tadi. Anjuman rus va nemis tillarida olib boriladi, kirish erkin tarzda.
Tadbir dasturi bilan Gyote instituti sayti yoki Facebook’dagi sahifasi orqali tanishish mumkin.
Izoh (0)