Shimoliy Koreya yadroviy dasturni to‘xtashini ma’lum qilgan taqdirda ham AQSh raketaga qarshi mudofaa tizimini kengaytirishga bahona topadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan xalqaro axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Agar ertaga Shimoliy Koreya yadroviy sinovlarni va raketa dasturini to‘xtatishini ma’lum qilsa, AQSh raketaga qarshi mudofaa tizimlari qurilishi boshqa bahona bilan yoki hech qanday bahonasiz davom etadi — Yevropada hozir shunday qilinyapti. Biz, albatta, bu haqda o‘ylashimiz kerak”, — dedi Rossiya rahbari.
Izoh (0)