AQSh prezidentlik lavozimiga sobiq nomzod Hillari Klinton prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatining bir nechta sabablarini ma’lum qildi. Bu haqda The Hill xabar qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Men g‘alaba qozonishim haqida tarqatilgan taxminlar qurboniga aylandim”, — dedi u Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan konferensiyada.
Klinton u nomzodini qo‘ygan paytda demokratik partiya bankrotlik yoqasida bo‘lganligi, respublikachilar partiyasi esa turli siyosiy loyihalarga investitsiya kiritishda ko‘proq muvaffaqiyat qozonganligini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, u FQB sobiq direktori Jeyms Komi o‘g‘irlangan maktublar bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan mamnuniyat bilan bayonotlar berish bilan bir qatorda, Tramp jamoasi va Moskva o‘rtasidagi kelishuv ehtimoli yuzasidan surishtiruv olib borishga bu kabi e’tibor qaratmaganligini ta’kidlab o‘tdi.
Klinton, shuningdek, tekshirilmagan ma’lumotlarni chop etganligi uchun OAVlarini tanqid qildi. Qolaversa, saylovchilarning aksariyatida ayol kishi hech qachon Qo‘shma Shtatlar prezidenti bo‘lmaganligi bilan bog‘liq qarashlar shakllanganligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)