Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Londonning “Arsenal” klubi fransiyalik bosh murabbiy Arsen Venger bilan shartnomani yana ikki yilga uzaytirdi. Bu haqda “Chempionat” Daily Mail nashriga asoslanib xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Mutaxassis muzokaralar stoliga so‘nggi bor 2014-yil o‘tirgan bo‘lib, maoshini yiliga 8,6 million yevro qilib olgandi. Endi esa Venger “Arsenal”dan har yili 9,1 million yevro maosh oladi. U “to‘pchilar” bilan birinchi shartnoma imzolagan 1996-yil 573 ming yevroga rozi bo‘lib, faoliyatini boshlagandi.

Yakuniga yetgan mavsumni “Arsenal” 5-o‘rinda yakunlab, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. U bilan raqobatlashishi kerak bo‘lgan yana besh klubning barchasi kelasi mavsumni Chempionlar ligasida o‘tkazadi.

Shunga qaramay, “Arsenal” sovrinsiz qolib ketmadi. Angliya kubogining finalida “Chelsi”ni taslim qilgan “kononirlar” bosh mukofotga ega chiqdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yerni kuchli va uzoq davom etadigan magnit bo‘ronlari qoplaydi
Iqtisodiyot
Banklar, IT va sanoat: O‘zbekistonning eng yuqori oylik to‘langan sohalari e’lon qilindi
Mahalliy
Bo‘stonliqdagi xonadonlarning birida gaz chaqnadi