Rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy biznesmen Alisher Usmonovning da’vosi bo‘yicha sud qarorini bajarmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘z saytiga joylashtirilgan videomurojaatda aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Endi sen, Aleksey, sud qarorini ijro etasanmi, degan savolga javob beraman. Albatta, yo‘q. Men sud qarorini tan olmayman va umuman buni sud deb tan olmayman”, — dedi siyosatchi.
Bunga asos sifatida Navalniy sud uning 22–23 da’vosini qaytarganini, guvohlarni chaqirishdan va hujjatlarni dalillar qatoriga qo‘shishdan bosh tortganini keltirib o‘tdi.
31-may kuni sud Usmonovning Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasiga qarshi da’vosini qondirib, Navalniy o‘n kun ichida biznesmenning korrupsiyaga aloqadorligi haqidagi bayonotlarini inkor qilishi va o‘chirishi, uch oy ichida raddiyani chop etishini belgiladi.
Izoh (0)