Moldovaning Moskvadagi elchixonasida ishlovchi besh xodim uch kun ichida mamlakatni tark etishi talab qilindi. Bu haqda, Rossiya TIVga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Muqaddam Rossiyaning Moldovadagi bir necha diplomati mamlakatdan chiqarib yuborilgan edi. Garchi Moldova prezidenti Igor Dodon mazkur mojaroda Rossiya tarafini olgan bo‘lsa-da, rasmiy Moskva bunga javoban mamlakatdan moldovalik diplomatlarni chiqarib yuborishga qaror qildi.
Elchixonaning maslahatchi-elchisi Nikolay Miynya TIVga chaqirilib, unga tegishli nota topshirildi. Xabarnomada ta’kidlanishicha, rasmiy Moskva shu yo‘l bilan Kishinyovni bu kabi diplomatik kurash samarasiz ekanligiga ko‘ndirishga umid qilmoqda.
Izoh (0)