Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hukumatning rossiyalik 5 nafar diplomatni persona non grata deb e’lon qilish haqidagi qarori provokatsiyadan iborat. Moldova prezidenti Igor Dodon shunday fikr bildirdi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Igor Dodon.

Igor Dodon.
Foto: “RIA Novosti”

“Yevroparast kuchlar prezident oxirgi oylarda erishgan muvaffaqiyatlardan darg‘azab bo‘lgani va Moldova—Rossiya munosabatlari yomonlashuviga olib keladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri provokatsiyaga jazm qilganini tushunib turibman”, — dedi Dodon.

Moldova prezidenti mahalliy hokimiyat “Bryussel va Vashington, shuningdek, NATOning mazkur mintaqadagi geosiyosiy o‘yinlariga aralashayotgani” o‘ta xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi.

“Ular bu qaror bizga qanchalik qimmatga tushishi, mamlakatimiz va xalqimizni nechog‘li murakkab vaziyatga solib qo‘yishini anglab yetmayotganiga ishonchim komil. Buning salbiy oqibatlari o‘zini bildirmay qolmaydi”, — deya xulosa qildi Moldova prezidenti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi