Janubiy Koreyaning Yonsey universiteti Severance gospitali shifokorlari Andijon viloyatida bemor bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda Severance gospitali o‘rtasida tuzilgan hamkorlik kelishuviga asosan Andijon viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida bemor bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Kasalligi og‘ir deb topilgan bolalar jarrohlik amaliyoti yordamida davolandi.
Tibbiy ko‘rik davomida xorijlik shifokorlar tomonidan zarur tavsiya va maslahatlar berildi, bir guruh bemorlarga bepul dori-darmon, sanitariya-gigiyena vositalari tarqatildi.
Izoh (0)