Hindistonning Rajasthan shtati yuqori sudi o‘z qarorida sigirni o‘ldirganlik uchun jazoni og‘irlashtirib, uch yillikdan umrbod qamoq jazosigacha belgilashni tavsiya qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hindiston oliy sudi mazkur qarorga o‘z munosabatini bildirishi qarorning keyingi taqdirini belgilab beradi.
Oxirgi paytlarda mamlakatning barcha hududlarida “sigirlar himoyachilari” otryadlari paydo bo‘lgan. Ular hind dinida muqaddas sanaluvchi sigirlarni o‘ldirganlarni kaltaklaydi va hatto o‘ldirishi mumkin. Hukumat bunday holatlarning oldini olish uchun sigirlarni o‘ldirganlarni davlat tomonidan qattiq jazolanishini ta’minlashga urinmoqda.
Izoh (0)