GM Uzbekistan AJ avtomobillar qoldiqlarini inventarizatsiya qilinishi munosabati bilan, 2017-yilning 29-mayidan 31-may sanasiga qadar yangi shartnomalar tuzish va avtomobillarni berishni vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda kompaniyaning Facebook’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Foto: GM Uzbekistan

Foto: GM Uzbekistan

Hurmatli iste’molchilar!

GM Uzbekistan AJ tomonidan avtomobillar qoldiqlarini inventarizatsiya qilinishi munosabati bilan, 2017 yilning 29-mayidan 31-mayigacha yangi shartnomalarni tuzish va avtomobillarni berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Inventarizatsiya yakunlangandan so‘ng, to‘langan shartnomalar bo‘yicha avtomobillarni, tuzilgan shartnomalarda ko‘rsatilgan narxlarda yetkazib berish amalga oshiriladi.

GM Uzbekistan AJ

Shuningdek, xaridor tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan avtomobil narxining oldindan to‘lanishi belgilangan minimal qiymati (85%) yoki to‘liq qiymati to‘langan holatda, avtomobil narxi to‘langan hisoblanishi ham eslatib o‘tilgan.