Yaponiyaning yetakchi avtokonsernlari 2018 yil 31-mart kuni yakunlanadigan joriy moliyaviy yilda haydovchisiz boshqaruv texnologiyalari va ekologik toza mashinalarning yangi avlodini yaratishga 2,85 trillion iyena (25,5 milliard dollar) sarflaydi. Bu oxirgi paytdagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi, deb xabar beradi “TASS”.
Xususan, Toyota bu maqsadlarga 1,5 trillion iyena (13,4 milliard dollar) ajratadi. Honda 750 milliard iyena (6,7 milliard dollar) — o‘tgan yilga nisbatan 9,4 foizga ko‘proq sarflaydi.
Texnologiyalarni rivojlantirishga xarajatlarning eng yuqori ko‘rsatkichi Subaru tomonidan rejalashtirilgan. Kompaniya o‘z budjetidan 134 milliard iyena (1,2 milliard dollar) ajratadi, bu avvalgi yilga nisbatan 17,3 foizga ko‘p.
Qator konsernlar sensor va kameralar, kommunikatsiyalar va global pozitsiyalash tizimlari yaratish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar bilan hamkorlikni rejalashtirmoqda. Jumladan, Honda o‘ziga sherik sifatida Google kompaniyasini tanladi.
Izoh (0)