Filippinning Mindanao provinsiyasida “Maute” guruhi jangarilari bilan bir haftadan buyon davom etayotgan to‘qnashuvlar davomida 34 kishi, shu jumladan, politsiyachilar va harbiy xizmatchilar halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat qurolli kuchlari rasmiy vakili Restito Padillaning so‘zlariga qaraganda, 19 nafar tinch aholi vakillari ekstremistlar tomonidan qatl qilingan.
To‘qnashuvlar davomida jami 11 nafar politsiyachi va harbiy halok bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Filippin qo‘shinlari Maravida IShIDga sadoqat izhor qilgan mahalliy radikal guruhlar — “Abu Sayyaf” va “Maute”ga qarshi operatsiya o‘tkazmoqda. Mindanao provinsiyasidagi terrorchilar yetakchilaridan biri Isnilon Xapilonni qo‘lga olishga harakat qilgani tufayli bu yerda vaziyat murakkablashib ketdi. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte provinsiyada favqulodda holat e’lon qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)