27-may kuni Senatning 10-yalpi majlisida O‘zbekistonning Hindistondagi yangi elchisi tasdiqlandi. Bu Farhod Arziyev bo‘ldi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
“2017-yilning 27-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 10-yalpi majlisida Farhod Arziyev O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tasdiqlandi”, — deyiladi xabarda.
Farhod Arziyev ilgari O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida maslahatchi lavozimida ishlagan.
Izoh (0)