Bugun — 27-may kuni Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasini qabul qiladi.
Oliy liga 12-turidan joy olgan uchrashuvga kirish Ramazon oyi munosabati bilan bepul bo‘ladi, deb ma’lumot berdi “Lokomotiv” matbuot xizmati. Oldindagi bir oy davomida “Lokomotiv” stadioni muxlislar uchun bepul xizmat ko‘rsatadi.
“Neftchi”ga qarshi uchrashuv 19:00 da start oladi. Ayni vaqtda “Lokomotiv” turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi, “Neftchi” esa 10 ochko bilan 15-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)