AQShning Kaliforniya shtatidan saylangan demokrat kongressmen Salyud Karbaxal Moskva ta’siriga qarshi kurashish bo‘yicha jamg‘arma tashkil qilish taklifini ilgari surdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tegishli qonun loyihasi 22-may kuni AQSh Kongressi qo‘mitasiga kiritildi. Hujjat matni siyosatchining saytida joylashtirildi.
“Rossiya Federatsiyasi AQSh demokratik kuchlarini zaiflashtirish, Yevropa va AQShni bo‘lib yuborish, Yevropani ichdan parchalash, NATO va Yevroittifoq singari tashkilotlar faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek, sheriklarni o‘zi bilan hamkorlik qilishga majbur etish maqsadida qator harbiy, virtual, razvedka va iqtisodiy taktikalardan foydalanmoqda”, — deyiladi qonun matnida.
Karbaxalning fikricha, bunday jamg‘armaga kamida 100 million dollar ajratish talab etiladi.
Bundan tashqari, qonun loyihasi Davlat departamenti tomonidan AQSh Kongressi uchun Rossiyaning vayronkor faoliyati yuzasidan hisobot tayyorlab berilishini nazarda tutadi.
Izoh (0)