Xitoyning Yunnan provinsiyasi ikki qishlog‘i aholisi yomg‘irlardan keyin ko‘chalarga chiqib qolgan minglab mingoyoqdan shikoyat qilmoqda. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar bermoqda.
Mingoyoqlar kuchli yog‘ingarchiliklardan keyin yuzaga kelgan suv toshqinidan so‘ng paydo bo‘ldi. Mahalliy aholi bu kabi mavjudotlarni avval ko‘rmaganligini ta’kidlab, ularni “g‘alati qo‘ng‘izlar” deb nomladi.
Ular bir necha o‘n kilogram o‘lik ko‘poyoqni yig‘gan va ularni qirish qiyin ekanligidan shikoyat qilmoqda. Ularni odatiy hasharot qiruvchilar olmasligi, mingoyoqlar olovga tashlanganda yoki ustidan qaynoq suv quyilganda g‘ujanak bo‘lib olib, tirik qolayotganligi ta’kidlanmoqda.
Mahalliy tabiatni muhofaza qilish organlari vakili Van Szyanbin ularga qarshi kurashish uchun so‘ndirilgan ohakdan foydalanishni tavsiya qildi.
Izoh (0)