AQSh prezidenti Donald Tramp Bryusselga tashrif buyurdi. Bu yerda u NATO sammitida ishtirok etadi va Yevroittifoq rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi, deb xabar beradi “TASS”.
Trampning Bryusseldagi Zaventem aeroportiga tashrif buyurishi aks etgan kadrlar mahalliy RTBF telekanali orqali namoyish etildi.
Rafiqasi bilan birga samolyotdan chiqqan AQSh rahbarini Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel kutib oldi.
Aeroportdan prezident korteji Belgiya qiroli Filippning qarorgohiga yo‘l oladi deb taxmin qilinmoqda.
25-may kuni Tramp NATO sammitida qatnashadi, shuningdek, Yevrokengash hamda Yevrokomissiya raislari Donald Tusk va Jan-Klod Yunker bilan uchrashadi.
Izoh (0)