20 yoshgacha bo‘lgan futzalchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z yurishiga yarim finalda yakun yasadi.
Chorak finalda Mo‘g‘uliston ustidan 10:7 hisobida zafar quchgan Xose Mariya Mendes shogirdlari, final ostonasida Iroq termasidan yengildi — 1:5.
Yarim finalning ikkinchi o‘yinida mezbon Tailand Eronga mag‘lub bo‘ldi — 5:7.
Ertaga — 25-may kuni Tailand va O‘zbekiston futzalchilari musobaqaning bronza medali sohibini aniqlash yo‘lida zalga chiqadi. 26-may kuni esa Iroq va Eron final bahsida to‘p suradi.
Ma’lumot uchun, finalga yetib kelgan Iroq va Eron termalari 2018-yil bo‘lib o‘tadigan 20 yoshgacha sportchilar o‘rtasidagi Olimpiada bellashuvlarida ishtirok etadi.
Izoh (0)