Manchesterdagi terakt qurbonlarining oilalariga hamda jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish fondiga xayriya qilingan mablag‘ hajmi 1 million funt sterlingdan (1,3 million dollar) oshdi. Buni xayriya to‘plash olib borilayotgan JustGiving sayti ma’lumotlari ko‘rsatmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Ilgariroq xayriya hajmi yarim million funtdan oshgani aytilgan edi.
“Ko‘plar yordam berish istagi bilan murojaat qilgani bois biz fond tashkil qildik, u orqali biz jabrlanganlarning va halok bo‘lganlarning oilalariga ko‘mak ko‘rsatamiz”, — deyiladi platformaga berilgan izohda.
Tashabbus mualliflari Manchester Evening Post gazetasi xodimlaridir. Shuningdek, aksiyaga Qizil Xochning Britaniya bo‘linmasi ko‘maklashmoqda.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, terakt oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan, 120 kishi jarohatlangan. Uch kishi teraktda ishtirok etishda gumonlanib hibsga olingan. Shuningdek, asosiy aybdor sifatida asli liviyalik Salmon Obidiy ko‘rsatilgan.
Izoh (0)