Manchesterdagi terakt oqibatida jabrlanganlar, shuningdek halok bo‘lganlarning qarindoshlariga yordam ko‘rsatish jamg‘armasi 500 ming funt sterlingdan ortiq (650 ming dollarga yaqin) mablag‘ to‘pladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Manchester Evening News mahalliy nashri www.justgiving.com platformasida mablag‘ to‘plashni tashkil qildi va o‘z oldiga yarim million funt jalb etishni maqsad qildi. Ushbu ko‘rsatkichga erishilganligiga qaramasdan, raqamlar o‘sishda davom etmoqda.
Kishilar asosan 10—20 funtdan o‘tkazgan, shunga qaramasdan, 500 yoki ming funtdan o‘tkazganlar ham qayd etilgan. Ba’zilar pul jo‘natmalarini barcha jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlovchi izohlar bilan yo‘llagan va qolganlarni ham o‘z ulushini qo‘shishga chaqirgan.