Suriya armiyasi jangchilari ko‘ngillilar ko‘magida Aleppo sharqidagi operatsiya chog‘ida 3 mingdan ortiq IShID jangarilarini o‘ldirdi va yaraladi. Ushbu hududda al-Jarah aeroportini ozod qilish operatsiyasi davom etmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Aytilishicha, Suriya qo‘shinlari, shuningdek, 24 zirhli mashinani, 11 minalashtirilgan avtomobilni, olti yirik qurolni va to‘qqiz qurol-yarog‘ omborini yo‘q qilgan, 60 dan ortiq qo‘mondonlik punkti ishdan chiqarilgan.
Hukumat qo‘shinlari aeroport ustidan nazorat o‘rnatgani haqidagi axborot 13-may kuni tarqatilgan edi, ammo uning atrofida hamda Frot ustidagi Asad suv ombori yaqinida to‘qnashuvlar davom etayotgan edi. Oxirgi uch oy ichida mazkur hududda armiya 170 qishloq va fermani ozod qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)