Xivadagi “Nurillaboy” tarixiy majmuasi rekonstruksiya va restavratsiya qilinadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 19-maydagi qarori bilan belgilandi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Hujjatga ko‘ra, rekonstruksiya Xiva tarixiy-me’moriy va turistik salohiyatini oshirishga, jamoatchilikni tarixiy meros hamda madaniyat va san’atning noyob namunalari bilan tanishtirishga, shuningdek, milliy madaniy va an’analarni asrashga xizmat qiladi.
Yil davomida tarixiy majmuada yangi binolar ham quriladi. Uning hududida qabul uyi, amfiteatr, galereya, hunarmandchilik ustaxonalari va milliy taomlar restorani tashkil etiladi.
“Nurillaboy” Xiva xonlarining yozgi saroyi bo‘lib, u xorijlik elchilarni qabul qilish uchun xizmat qilgan.
Izoh (0)