• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Saudiya Arabistonida yana nimalar bo‘ldi?

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistondan to‘g‘ri Ar-Riyodga yo‘l oldi. AQSh prezidenti Donald Tramp esa sakkiz kunlik xorijiy turnesini Saudiya Arabistonidan boshladi. So‘nggi dam olish kunlari Saudiya Arabistonida yuz bergan voqealar tafsiloti — “Daryo” sharhida.

    Foto: Facebook / Shavkat Mirziyoyev

    Foto: Facebook / Shavkat Mirziyoyev

    Shavkat Mirziyoyev 20—21-may kunlari Saudiya Arabistonida bo‘ldi. Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz as-Saudning taklifi bilan amalga oshirilgan tashrifning birinchi kunida O‘zbekiston Prezidenti Islom taraqqiyot banki (ITB) rahbari Bandar Hojar bilan uchrashdi. Muzokaralar yakunida O‘zbekiston hukumati va ITB o‘rtasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tuzish to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi. Tashrif bo‘yicha O‘zAning birinchi rasmiy axborotida Shavkat Mirziyoyev Saudiya podshohi va valiahdi bilan muzokaralar olib borishi, “qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgani” ma’lum qilingan edi. Biroq Prezidentning Saudiya vakillari bilan uchrashuvlari haqida ochiq axborot berilmadi.

    O‘zbekiston Prezidenti 21-may kuni arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida qatnashdi. “Tahlilnoma”ga ko‘ra, sammit bo‘lib o‘tgan Saudiya Arabistoni podshohining Xalqaro konferensiyalar markazida O‘zbekiston Prezidentini podshoh Salmon ibn Abdulaziz as-Saud “tantanali kutib olgan”. “Va u Prezidentimizga tashrifi uchun minnatdorchilik bildirdi”, — deya xabar bermoqda “Tahlilnoma”. Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgan. “Donald Tramp davlatimiz rahbari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar jarayonini yuqori baholadi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

    Shuningdek, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li bilan ham uchrashuvlar o‘tkazilgan. O‘zAning qayd etishicha, mazkur uchrashuvlarda “davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashilgan”.

    Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida 40 dan ziyod mamlakatlarning vakillari, xalqaro tashkilotlar qatnashdi. “Mazkur forum ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, bag‘rikenglik g‘oyalarini ilgari surishi, xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir”, — deyiladi O‘zA axborotida. “Forumda ko‘tarilgan masalalar bashariyat manfaatlariga mos, — deyiladi “Tahlilnoma” xabarida. — Dunyoda tinchlikni saqlash kerak. Xalqaro terrorizm va ekstremizm kabi qo‘poruvchilik harakatlariga qarshi kurashishda hamjihat bo‘lmoqlik zarur. Islom dinining sofligini saqlash kerak. Ma’rifiy islomni targ‘ib etmoqlikni bugun hayotning o‘zi taqozo etmoqda”.

    Sammitda AQSh prezidenti Donald Tramp ham chiqish qilib, amalga oshirilayotgan teraktlarning “95 foiz qurboni musulmonlarning o‘zi” ekanligini qayd etib o‘tdi. “Bu turli e’tiqod, turli oqim yoki turli sivilizatsiyalar vakillarining o‘zaro kurashi emas. Bu — inson hayotini yo‘q qilish va uni saqlab qolish tarafdorlari o‘rtasidagi kurashdir. Bu yovuzlik va ezgulik o‘rtasidagi kurashdir”, — dedi Tramp. Ayni vaqtda, u musulmon mamlakatlarini terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda mas’uliyatning bir qismini o‘ziga olishga chaqirdi. “Yaqin Sharq xalqlari mazkur dushman ustidan g‘alaba qozonish uchun Amerika yordamini kutib turish shart emas”, — dedi AQSh prezidenti.

    Shuningdek, mazkur sammit Trampning muhim xalqaro tashabbusi — rasmiy Vashington tomonidan “arabcha NATO” deb atalayotgan yangi mintaqaviy harbiy-siyosiy tuzilma uchun asos ham bo‘ldi. Tahlilchilarga ko‘ra, Saudiya bu yangi ittifoqning yetakchisi bo‘ladi, BAA, Misr va Iordaniya unda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Umuman olganda, “arab NATO”si faoliyatida 40 dan ziyod mamlakat, xususan, yadroviy qurolga ega Pokiston ham ishtirok etishi kutilmoqda.

    Bu Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti sifatida Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan ilk tashrifi bo‘ldi, AQSh prezidenti Donald Tramp uchun esa birinchi xorij safariga aylandi. Saylovoldi kampaniyasi davomida Tramp bir necha bor: “Islom Amerikani yomon ko‘radi”, qabilida fikrlar bildirgan, shuningdek, “AQShning yordamisiz podshohlik allaqachonlar yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lardi” deb, Saudiya Arabistonini tanqid ostiga olgan edi. Biroq Ar-Riyodda, Saudiya qirollik oilasi va islom olami yetakchilari qarshisida butunlay boshqa Tramp namoyon bo‘ldi, deb yozadi “Kommersant”.

    “Bu ajoyib kun bo‘ldi. AQSh uchun ajoyib investitsiyalar. AQSh investitsiya ko‘rinishida yuz milliardlab dollar va ko‘plab ish o‘rinlariga ega bo‘ladi”, — dedi Tramp Ar-Riyoddagi uchrashuvlar yakunida. Darhaqiqat, AQSh uchun hammasi ajoyib: mamlakat keyingi 10 yil davomida Saudiya Arabistoniga qiymati 350 milliard dollarlik mahsulot yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi, birgina mudofaa sohasidagi kelishuvning qiymati esa 110 milliard dollarni tashkil etadi.

    22.05.2017, 19:03   Izoh (0)   78548
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston TIVda Yevroparlament deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

    22.05.2017, 17:48

    Fransiya OAV Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive qo‘shma korxonasi yaratilishini yuqori baholadi

    22.05.2017, 16:44

    Deraza profillarini ishlab chiqarish sohasining yetakchisi Ekopen yangilangan logotipi va yangicha ish yuritish strategiyasini taqdim etdi

    22.05.2017, 14:57

    Toshkentda yosh ayol o‘zini mashina g‘ildiraklari ostiga tashlashga urindi (video)

    22.05.2017, 13:01

    “O‘zbekneftgaz” Qashqadaryoda neft-kimyo klasterini yaratadi

    22.05.2017, 12:50

    Toshkentdagi Avayxon va TTZ-4 mavzesi ko‘chalarida ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda (foto)

    22.05.2017, 11:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.