Jazoir poytaxti yaqinida 21-may, yakshanba kuni kechqurun mamlakat Harbiy-dengiz kuchlari vertolyotining halokatga uchrashi oqibatida kamida besh nafar jazoirlik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda Maghreb Arabe Presse agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.
Agentlikning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar vertolyot ekipaji a’zolari bo‘lgan.
Vertolyot Tipaza viloyatida elektr uzatish chizig‘iga tegib ketganligi ta’kidlanmoqda.
Jazoir hukumati hozircha favqulodda holat yuzasidan izoh bermadi.
Izoh (0)