Noma’lum shaxslar Bag‘doddan shimolroqdagi harbiy xizmatchilarning tayyorgarlik markaziga hujum uyushtirdi. Buning oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Voqea 22-may kuni ertalabki soatlarda ro‘y berdi. Bazaga hujumni olti kishi uyushtirdi, besh xudkush o‘zini portlatib yubordi. Ayni paytda vaziyat nazorat ostida.
Hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)