Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari oxirgi sutka mobaynida 71 jangarini yo‘q qildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Afg‘oniston ichki ishlar vazirligining bayonotida ta’kidlanishicha, Hilmand, Nangarxar, Lag‘mon, Qunduz, Farax, Vardak va Zobul viloyatlarida 12 operatsiya olib borilmoqda.
Bundan tashqari, otishmalar davomida 40 jangari yaralangan, yetti nafari qo‘lga olingan.
Shuningdek, Pajhwok agentligi Hilmand viloyatida “Tolibon” hujumi chog‘ida olti nafar politsiyachi halok bo‘lganini, uch nafari yaralanganini xabar qildi.
Izoh (0)